03 apr 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks terma jamoamiz Osiyo chempionatida yana ikki yo'qotishga uchradi
Bugun Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining beshinchi kungi bahslari o'tkazilmoqda.
Kunduzgi dastur doirasida O'zbekiston terma jamoasining ikki vakilasi — Gulvesar G'anieva (51 kg) va Mushtariybonu Ibrohimjonova (60 kg) ringga ko'tarildi.
Xitoy sharafini himoya qiluvchi YU Vuga qarshi bahs olib borgan Gulsevar G'anieva ham, mo'g'ulistonlik Namun Mo'nxo'r bilan to'qnash kelgan Mushtariybonu Ibrohimjonova ham o'z janglarida ochkolar hisobiga ko'ra raqibalariga imkoniyatni boy berishdi va yarim final yo'llanmasidan quruq qolishdi.
Birozdan so'ng yana bir charm qo'lqop ustamiz SHahzod Muzaffarov Qozog'iston terma jamoasi azosi Maxmud Sabirxan bilan to'qnash keladi. CHorak final doirasidagi ushbu jang bizning vaqt bilan soat 15:00 da o'tkazilishi belgilangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar