30 jan 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschi qizlarimiz Belarusdagi turnirda 5 ta oltin medal qo'lga kiritishdi
Belarusning Orsha shahrida boks bo'yicha Belarus Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy A.K.Kolchin xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir yakuniga etdi.
Avvalroq xabar berib o'tganimizdek, finalgacha 7 nafar bokschi qizimiz etib kelgandi.
Biroz avval final janglari yakuniga etdi. Unga ko'ra, 5 nafar bokschimiz finalda g'alaba qozongan holda, oltin medalga ega chiqdi.
Turnir yakuniga ko'ra, musobaqada qatnashgan 8 bokschimizning barchasi O'zbekistonga medal bilan qaytadigan bo'ldi.
Bokschi qizlarimiz turnirda quyidagi natija ko'rsatishdi:
Oltin medal:
-51 kg: Gulasal Sultonalieva
-54 kg: Sitora SHogdarova
-60 kg: Dilfuza Bekova
-64 kg: Mohinabonu Abdullaeva
-69 kg: Navbahor Hamidova
Kumush medal:
-60 kg: Ziyoda Yarasheva
-69 kg: Xadichabonu Abdullaeva
Bronza medal:
-57 kg: Sitora Turdibekova
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar