05 sen 16:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschi vazn o'lchash marosimida yuragi to'xtab qolgan insonning jonini saqlab qoldi
Ertaga AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi boks kechasi bo'lib o'tadi.
Bugun jangdan avval o'tkazilgan ananaviy tarzdagi vazn o'lchash marosimida 32 yoshli bokschi Deandre Uer qahramonga aylandi. Gap shundaki, bokschi vazn o'lchash marosimi davom etayotgan vaqtda hushidan ketib qolgan Top Rank xodimi Pit Syuzensga birinchi tibbiy yordamni ko'rsatib, uning hayotini saqlab qoldi. Keyinchalik malum bo'lishicha, Pit infarktni boshidan o'tkazgan.
Malumot uchun, Deandre Uer professional bokschi bo'lishidan tashqari, o't o'chiruvchi va shifokor ham hisoblanadi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar