03 mar 10:06
Yangiliklar

Bokschilarimiz kichik jahon chempionatida 8 ta medal qo'lga kiritishdi
O'z tarixida etmish oltinchi marotaba tashkil etilgan ushbu kichik jahon chempionatiga tenglashtirilgan musobaqada O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ham ishtirok etdi. Yakunda bokschilarimiz 5 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi. Biz kabi 5 ta oltin medalga ega chiqqan Qozog'iston terma jamoasi kumush medallari soni bo'yichagina birinchi o'rinni band etdi.
Taqqoslash uchun, “Strandja” turnirida Qozog'iston terma jamoasi 26, O'zbekiston esa 17 nafar nafar bokschi bilan ishtirok etdi. Olimpiada chempionlari Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev jarohati, Abdumalik Xalokovning esa prof boksdagi jangi sabab Sofiya turnirida qatnashmadi. Bu ham yakuniy natijaga tasir o'tkazdi.
G'olib va sovrindor bokschilarimiz:
Oltin medallar:
-54 kg: SHahzod Muzaffarov
-57 kg: Xo'janazar Nortojiev
-80 kg: Fazliddin Erkinboev
-92 kg: To'rabek Xabibullaev
+92 kg: Jahongir Zokirov
Kumush medal:
-48 kg: Behruz Xoldorov
Bronza medallar:
-51 kg: Asilbek Jalilov
-75 kg: Javohir Ummataliev
Fikrlar