10 apr 12:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschilarimiz Osiyo chempionatini 3 ta oltin medal bilan yakunlashdi
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.
Musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi chempionat yakuniga ko'ra, 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Terma jamoamiz safida sovrindorlar ro'yxati:
Oltin:
-65 kg. Abdulloh Madaminov
-80 kg. Fazliddin Erkinboev
-90 kg. Halimjon Mamasoliev
Kumush:
-75 kg. Javohir Abdurahimov
-85 kg. Jasurbek Yo'ldoshev
Bronza:
-60 kg. Abdurahmon Mahmudjonov
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunlagandi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Mo'g'ulistondagi Osiyo chempionatini umumiy hisobda 11 ta medal - 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar