26 jan 12:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschilarimiz RCC Gran-prisida qanday natijalar qayd etishdi?
Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida professional boks bo'yicha RCC Grand Prix turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqada ikki nafar o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ringga chiqishdi va bittadan g'alaba hamda mag'lubiyat qayd etishdi.
Yarim o'rta vazn toifasidagi bellashuvlarda tajribali Jahongir Rasulov (8-1-1, 8 KOs) Kuba vakili Daniel Rodrigesni (10-1, 9 KOs) ikkinchi raundda texnik nokaut orqali mag'lubiyatga uchratdi.
Yana bir bahsda esa Rivojiddin Yo'ldoshev (3-1, 3 KOs) rossiyalik Magomednuri Magomedov (4-0-1) oldida ojiz qoldi. U ikkinchi raundda texnik nokaut bilan imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar