17 noy 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschilarimiz World Boxing Jahon kubogining ilk kuni 3 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etishdi
Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo'yicha World Boxing tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan Jahon kubogi bahslari start oldi.
Musobaqaning ilk kuni O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar azosi ringga ko'tarildi. Ulardan uch nafari o'z janglarini ishonchli g'alaba bilan yakunladi. Birgina Nigina O'ktamova hindistonlik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bokschilarimizning natijalari:
-54 kg: Nigina O'ktamova - Preeti (Hindiston) - 0:5
-70 kg: Aziza Zokirova - Mbata Patrisia (Nigeriya) - 5:0
-65 kg: Adhamjon Muhiddinov - Jang Dongvan (Koreya Respublikasi) - 5:0
+90 kg: Halimjon Mamasoliev - Ahmed Hagag (Avstriya) - 5:0.

Havola :
Fikrlar