05 fev 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz Yangiobodda yig'inga kirishdi
Bugun, 5 fevral kuni O'zbekiston boks federaciyasi, terma jamoa murabbiylar shtabi rejasi asosida terma jamoamizning navbatdagi yig'ini boshlandi.
Bosh murabbiy Marat Qurbonov boshchiligidagi yig'inda terma jamoamiz azolari jismoniy va taktik tayyorgarlikka alohida etibor qaratishadi. Yig'inlarda bokschilarimizning o'z shaxsiy murabbiylari ham ishtirok etishmoqda.
Bundan tashqari, yigitlarimiz O'zbekiston boks federaciyasi shifokorlarining doimiy nazoratida bo'lishadi.
Ushbu yig'in 19 fevralga qadar davom etadi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar