26 apr 17:29
Yangiliklar
Bokschimiz ringga chiqadigan Zuffa Boxing 6 turnirining to'liq kardi tasdiqlandi
Biz uchun ahamiyatlisi, Apex arenasi mezbonlik qiladigan professional boks ligasining oltinchi turnirida charm qo'lqop ustamiz Rahmatullo Boymatov ham o'z jangini o'tkazadi. Yarim og'ir vazn toifasidagi bokschimiz El Stentonga qarshi ringga ko'tariladi.
Bu Boymatov uchun prof boksdagi debyut jang bo'ladi. Amerikalik raqibi esa shu kungacha prof boksda 10 ta jang o'tkazib, 9 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Mazkur jang yarim og'ir vazn (79,38 kg) toifasida 6 raundlik to'qnashuv bo'ladi.
Zuffa Boxing 6 turnirining asosiy jangi o'rta vazn toifasida ukrainalik 31 yoshli Sergey Bogachuk hamda amerikalik 35 yashar SHeyn Mozli o'rtasida bo'lib o'tadi.
Zuffa Boxing 6 turnirining to'liq kardi:
O'rta vazn: Sergey Bogachuk – SHeyn Mozli (10 raund)
Yarim o'rta vazn: Julian Rodriges – Jeyms Perella (10 raund)
O'rta vazn: Misael Rodriges – Andreas Kacurakis (10 raund)
Yarim og'ir vazn: Rafael Monni – Suray Maxmutovich (8 raund)
Engil vazn: Jastin Viloriya – Iban Ortis (8 raund)
Superog'ir vazn: Da’Mazion Vanxuter – Rafael Myorfi (8 raund)
O'ta engil vazn: Emiliano Kardenas – Aleksis Alvarado (6 raund)
Yarim og'ir vazn: Rahmatullo Boymatov – El Stenton (6 raund)

Fikrlar