15 apr 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschimiz Toshkentda o'tadigan chempionlik jangiga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda
Hamyurtimiz Azizbek Abdug'ofurov 5 may kuni Toshkentda WBC silver kamari uchun jang olib borishi haqida xabar qilgandik.
"O'zbekiston" sport majmuasi mezbonlik qiladigan jangda u rossiyalik Dmitriy CHudinovga qarshi ringga ko'tariladi. O'zbekiston professional boks federaciyasining malum qilishicha, Azizbek jangga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Hamyurtimiz ushbu jangda tajribali raqibini mag'lubiyatga uchrata oladigan bo'lsa, WBC silver kamari sohibiga aylanishi mumkin bo'ladi.
Azizbek Abdug'ofurovga ushbu jangda omad tilab qolamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar