05 sen 00:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschimiz WBC kamari uchun jang o'tkazdi
Moskva shahridagi professional boks oqshomida o'zbekistonlik yosh charm qo'lqop ustasi Ravshan Mahammadjonov ringga ko'tarildi.
Hamyurtimizning bu safargi jangi 23 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasidagi WBC kamari (birinchi o'rta vazn) uchun tashkil etildi.
Ushbu bahsda bokschimizga ukrainalik Volodimir Gordienko raqiblik qildi.
Qayd etish lozimki, bokschimiz ikkinchi raundda o'tkazib yuborilgan zarba natijasida nokdaun holatiga tushib qoldi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Yakunda g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Quvonarlisi yakunda har uchchala hakam ham bokschimizning g'alabasini (77-74, 77-74, 76-75) qayd etdi.
SHu tariqa, Mahammadjonov birinchi o'rta vazn toifasida WBC Youth kamarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar