So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

27 iyu 13:04
Yangiliklar

Tadbirlar

Boku mamlakatlarning sport sohasidagi do'stlik platformasiga aylandi

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida xizmat safarida bo'lib turishibdi.

Mutasaddilar 26-29 iyun kunlari ushbu shaharda o'tadigan Jismoniy tarbiya va sportga masul vazir hamda yuqori mansabdor shaxslarning ettinchi xalqaro anjumanida (MINEPS VII) ishtirok etishadi. Unda 50 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan delegatlar qatnashmoqda.

Tadbir davomida sohadagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishilmoqda. Jumladan, Adham Ikramov Eron Sport va yoshlar vaziri Hamid Sajjadi bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Takidlash joiz, har ikki davlat Prezidentlari bir necha kun avval Tehronda o'zaro uchrashishgan edi. Suhbatda mamlakat rahbarlarining do'stona siyosatini sport sohasida davom ettirish, o'zaro tajriba almashish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

SHuningdek, A.Ikramov hamda O.Kasimov Ozarbayjon Yoshlar va sport ishlari vaziri Farid Gayibov hamda mamlakat Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Azer Aliev bilan ham uchrashishdi. Suhbat davomida har ikki davlat o'rtasida sohaga oid hamkorlikni kuchaytirish va mustahkamlash kun tartibining asosiy mavzularidan biri bo'ldi. 

Rejaga ko'ra, tashrif davomida yana bir qator mamlakatlarning sport sohasidagi etakchilari bilan ham uchrashuvlar tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing