18 apr 16:28
Yangiliklar
Bokudagi UFC turnirining asosiy jangi malum
O'rta vazn toifasida Germaniya sharafini himoya qiluvchi asli dog'istonlik Abusupiyan Magomedov hamda polshalik Mixal Oleksiychuk o'rtasidagi jang 27 iyun kuni Bokuda bo'lib o'tadigan UFC turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.
35 yoshli Abusupiyan Magomedov o'tgan yilning oktyabr oyida Jo Payferga ikkinchi raundda yutqazib qo'ygandi. O'shanda Jo Magomedovni bo'g'ib qo'ygandi. Bu bilan u uchta g'alabali seriyasini to'xtatgan edi.
31 yoshli Mixal Oleksiychuk esa, aksincha, ketma-ket uchta jangda g'alaba qozonib, o'ziga xos seriya bilan kelmoqda. U Sedrik Dyuma va Jerald Myorshartni texnik nokautga uchratdi, shuningdek, hakamlarning yakdil qarori bilan Mark-Andre Barrioni mag'lub etdi.
Ayni paytda jangchilarning hech biri UFC o'rta vazn toifasi reytingida kuchli 15 talikka kirmagan. Abusupiyan Magomedovning hamyurtimiz Mahmud Muradovga qarshi bir necha bor belgilanib, turli sabablarga ko'ra o'tkazilmay qolgandi.

Fikrlar