So’nggi yangiliklar

13:15Расман! Наманганда ўтказиладиган Octagon 92 турнирининг марказий жанги эълон қилинди (ВИДЕО) 0 12:44Одилхон Бухорода бўлиб ўтган ATFС 33 турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 12:13Мануэль Нойер Германия футболчилари орасида рекорд ўрнатди 0 11:42Теренс Кроуфорд рингга қайтяптими? 0 11:11US Open 2026. Аёллар ўртасидаги турнирда финалчилар аниқланди 0 10:40Ислам Махачев: "UFC`дан қўнғироқ кутяпман" 0 10:09ЕЧЛ. "Шахтёр" ПСВ билан, "Фенербахче" эса "Рома" билан дуранг ўйнади + ВИДЕО 0 09:38Super Rizin 5 натижалари: Шайдуллаев Rizin ва PFL чемпионлик камарларини бирлаштирди 0 09:07Синдаров Непомняшийни мағлуб этди, Бибисарада ҳам ғалаба. Жамоа пешқадам! Бугун Жавоҳир - Магнус тўқнашуви бор! 0 08:36Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнири бошланади. Биринчи кун уч дзюдочимиз татамига чиқади 0 08:05ЕЧЛ. "Манчестер Юнайтед" "Сабаҳ"ни тор-мор этди, Раҳмоналиев "Олд Траффорд"да ўйнади 0 07:34Юнон-рум курашчиларимиз Осиё ўйинларида оптимал таркибда қатнашишади 0 07:03UFC Қирғизистонда турнир ўтказишга қизиқяптими? 0 21:00Эркин курашчиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби маълум! Рўйхатда Разамбек борми? 0 20:29Скалони Аргентина терма жамоаси билан хайрлашмоқчи 0

08 mar 09:30
Yangiliklar

Bolalar sporti

Bolalar sporti. Sportsevar g'uzorliklar!

Biz bugun G'uzor tumani sporti haqida muxtasar to'xtalmoqchimiz.

Bahrom Avazov, SHerali Jo'raev kabi dongdor kurashchilari, o'z ananalariga ega “SHo'rtan” futbol klubi, qolaversa, xotin-qizlar gandbol jamoasi, respublika spartakiadalarida muntazam ravishda yuqori o'rinlarni egallaydigan sportsevar pedagoglari bilan doimo keng jamoatchilik etiborini o'ziga tortadigan cho'l hududida sportga berilayotgan etiborni qalamga olamiz.

Sir emas, Yangi O'zbekistonda aholi salomatligini taminlash — davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Korxona va tashkilotlarda “Xodimlar gimnastikasi” mashg'ulotlarining yo'lga qo'yilishi, ko'pgina muassasalarlarda “Sport targ'ibotchisi” shtatlarining joriy etilishi ham shundan.

Birgina “Otam, onam va men” oilaviy sport musobaqalari o'tkazilishining o'zi ham ko'plab oilalarda sportga bo'lgan qiziqishni oshirdi. Albatta, bu omillar hududlardagi sport maktablarining gavjumlashishiga katta turtki bo'ldi.

Muhtaram Yurtboshimizning 2020 yil oktyabr oyidagi Qashqadaryo viloyatiga tashriflarida g'uzorlik sportsevar yoshlarning takliflarini inobatga olib, tuman hokimi va sektor rahbarlarining tashabbusi bilan tashkil etilgan G'uzor tuman olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashgan maktab-internati ana shunday maskanlardan.

2021 yilda tumanning “Yarg'unchi” mahallasidagi sobiq bo'sh turgan sanoat-transporta kasb-hunar kolleji binosida o'z faoliyatini boshlagan talim muassasasida 250 nafardan ortiq o'g'il-qiz sportning oltita turi bo'yicha malakali trenerlar qo'l ostida sport mahoratini oshirmoqdalar. 

Maktab-internatida sportning 6 ta turi bo'yicha faoliyat yuritayotgan 20 nafar trenerlardan erishgan natijalariga ko'ra qisqa vaqt ichida 10 nafari malaka toifalarini oshirgan bo'lsa, o'tgan ikki yarim yil mobaynida 20 nafar sportchi-o'quvchilar Respublika CHempionati g'olib va sovrindorlari bo'lishgani jamoaning axillik bilan ishlayotganidan dalolatdir.

Bahrom Avazovga havas bilan egniga yaktak ilgan Bekmurod Hamidov, Temur Kenjaev, Xursand Bobomurodov, Elnoza Temirova, Sevinch Toshpo'latova kabi milliy kurashchilar respublika musobaqalarida g'olib va sovrindor bo'lib, sport ustaligiga nomzodlik talabini bajarishdi.

Engil atletika bo'yicha murabbiy Ishoq Bobosharipovning o'z kasbini sevishi, shogirdlarini doimiy ravishda shaharma-shahar musobaqalarga olib borishi bejiz ketmayapti. Uning shogirdlaridan Javohir Abdurasulov, Javohir Tilovov, Sevinch Safarova mamlakat birinchiligida g'olib bo'lib, oliy o'quv yurtiga imtiyozli qabul qilish yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Bir necha bor O'zbekiston chempioni bo'lgan dzyudochi Arslon Rahmonovning mazkur talim muassasasida murabbiy bo'lib ish boshlashi yana bir istiqbolli rejaning amalga oshgani bo'ldi. Ayni paytda maktab-internatida 76 nafar atlet aynan dzyudo bo'limida tahsil olmoqda. 

Albatta, sportchi-o'quvchilarni maktab-internatida munosib talim olishi, yashashi va ovqatlanishi, sport bilan belgilangan tartibda shug'ullanishlari uchun Qashqadaryo viloyat hokimligi, tuman hokimligi, viloyat sport boshqarmasi tomonidan etarlicha shart-sharoitlar yaratilmoqda, amaliy yordam ko'rsatilmoqda.

Hech etibor berganmisiz, so'nggi yillarda O'zbekistonda aholining o'rtacha umr ko'rish ko'rsatkichlari oldingilarga qaraganda ancha yaxshilandi. Otaxon-u, onaxonlar orasida 80-90 yoshga kirsa-da, harakatlari tetik va bardam, o'zlari sog'lom va baquvvat keksalarimiz ko'p.

Masalan, Qashqadaryoning chapdast faxriy polvonlaridan Abdurashid Mirzaev yoshi 80 ga kirsa-da, hamon shogirdlari bilan kurash gilamida mashq qilib charchamaydi. Yoki Qarshi tumanidan bo'lgan alp Maman polvon Taniev 87 yoshga kirsa-da, keksalikni bo'yniga olmaydi. 

Bir qarasangiz, dalada, bir qarasangiz bog'ida yumush bilan mashg'ul ekanini ko'rasiz. Bu nimadan? Bu yurtimizda inson qadrining yuksalayotgani hamda jismoniy tarbiya va sportning bebaho nemat ekaniga yaqqol misoldir. Sportga berilayotgan etiborga namuna.

Biz Abdurashid polvon bobodan “Keksayganda bunchalik g'ayrat va shijoatni qaerdan olasiz?” deb so'raganimizda faxriy polvon, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi “Nasib bo'lsa, yuz yoshda ham kurashmoqchiman. Davlatimiz g'amxo'rligini qalbdan his qilib, bolajonlarning sportga tashnaligini ko'rib, yana va yana ishlagim kelaveradi” deb javob qaytargandi.

Ha, ustozlar haq gapni aytadi. Darvoqe, mazkur olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashgan maktab-internetida mehnat jamoasining ishni to'g'ri tashkil etayotgani va malakali murabbiylar qo'l ostida mashg'ulotlarga zo'r berayotgan sportchi-o'quvchilarning musobaqalarda erishgan natijalari bois, 2023 yil  yakunida Qashqadaryo viloyati hokimi tomonidan "Yilning eng yaxshi sport-talim muassasasi" nominaciyasi va kubogini qo'lga kiritgan.

Demak, joriy yilgi yutuqlar yanayam ko'pyadi boisi, shu maskanda mehnat qilayotgan ustozlar va sportga oshno bolalar uchun bu kabi etibor- etirof ularni maqsad va marra sari etaklaveradi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing