So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

09 noy 12:49
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Bolalar suv sporti majmuasi foydalanishga topshirildi

Teglar :  Suv sporti
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida zamonaviy yopiq suzish inshooti – Bolalar suv sporti majmuasi foydalanishga topshirildi.

SHu munosabat bilan o'tkazilgan tadbirda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida etibor yuksak samaralar berayotgani takidlandi.

Prezidentimizning 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosi doirasida viloyatda yoshlar, ayollar va, ayniqsa, bolalarni sportga jalb etish, ularning sport turlari bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Bolalar suv sporti majmuasi Toshkent shahridagi 93-maxsus trest akciyadorlik jamiyati quruvchilari tomonidan barpo etilib, buning uchun 9 milliard 929 million so'mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.

– Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan majmuada suv sportining bir necha turi bilan shug'ullanish imkoniyati mavjud, – deydi 93-maxsus trest akciyadorlik jamiyati rahbari G'iyos Abdullaev. – Bolalar uchun shunday inshootlar qurilishida ishtirok etayotganimizdan faxrlanamiz.

Bolalar suv sporti majmuasida 3 suvli va 1 suvsiz (quruq) havza barpo etilgan bo'lib, asosiy suzish havzasining hajmi 25x11, chuqurligi 1,80 ga 1,70 metr va 4 ta suzish yo'lakchasidan iborat. Suzishni o'rganuvchi bolalar uchun hajmi 12x5 metrlik basseyn ham bor. Musobaqalarni kuzatish uchun 140 tomoshabinga mo'ljallangan o'rindiq va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun maxsus joy ham nazarda tutilgan.

Suzish zallarining ikkinchi qavatida esa suzish usullarini quruqlikda mashq qilish uchun maxsus zal, yani quruq, suvsiz hovuz ham bunyod etilgan.

Balandlikdan suvga sakrash sport turi uchun alohida zal qurilgan bo'lib, bu hovuzning hajmi 12x11 metr va yosh sportchilar suvga sakrashi uchun ularga moslab 1,3 va 5 metr balandlikda tramplinlar o'rnatilgan. Bu erda ham tomoshabinlar uchun 40 o'rindiq o'rnatilgan.

O'g'il va qiz bolalar uchun alohida echinish-kiyinish xonalari, yuvinish xonalari tashkil etilgan.

Yana bir etiborli jihati, majmuada nogiron bolalar ham bemalol shug'ullanishlari uchun barcha sharoit yaratilgan.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G'.Mirzaev so'zga chiqdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing