09 fev 17:54
Yangiliklar
Dzyudo
Boltaboev 1/4 finalda amaldagi jahon chempioni bilan bellashadi
-81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikkinchi dzyudochimiz SHarofiddin Boltaboev chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
SHarofiddin nimchorak final bellashuvida jahon chempionatlarining ikki karra bronza medali sovrindori ozarbayjonlik Xidayat Xeydarovga qarshi bahs olib bordi va kuchli raqibini qo'shimcha bo'limda mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Endi Boltaboevni chorak finalda jiddiy raqib kutib turibdi. Dzyudochimiz amaldagi jahon chempioni, reyting peshqadami isroillik Sagi Mukiga qarshi tatamiga chiqadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
15:26
Bugun kechki dastur "yonadi": dzyudochilarimizda ikkita final va bitta bronza uchun bellashuv bor 0
Fikrlar