So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

08 dek 15:11
Yangiliklar

Tadbirlar

Boltaboy polvon “Hosil bayrami”da ham tengsiz + FOTO

Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati stadionida O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilinganining 27 yilligi va O'zbekiston qishloq xo'jaligi xodimlari kuniga bag'ishlangan “Hosil bayrami” tantanalari bo'lib o'tdi.

Cayl tarzida tashkil etilgan bayram qishloq xo'jaligi mahsulotlari ko'rgazmalari, madaniy dasturlar, xalq o'yinlari va sport musobaqalaridan iborat bo'ldi. Milliy sport turlarimiz - kurash, armrestling, tosh ko'tarish va arqon tortish musobaqalari ham tantana ishtirokchilariga mayramona kayfiyat ulashdi.

Kurash musobaqasi mutloq vazn toifasida uyushtirildi. Unda 20 nafarga yaqin xorazmlik el tanigan polvonlar bel olishdi. Keyingi paytlarda yuksak natijalari bilan etiborga tushayotgan bog'otlik Boltaboy polvon Boltaev muvaffaqiyat qozonib, bosh sovrin - tulpor bilan taqdirlandi. Ikkinchi o'rin shovotlik Nurtoy polvon Iskandarovga nasib etdi. Faxrli uchinchi o'rindan Umarbek polvon Ro'zmamatov (Xonqa tumani) va Alisher polvon Quryozov (Hazorasp tumani) joy oldi. Sovrindor bo'lgan polvonlar ham televizor va qo'yga sazovor bo'lishdi. 

Arqon tortish bellashuvida SHovot tumani jamoasiga teng keladigan topilmadi. Armrestling bahsida Xiva shahri sportchisi Diyorbek Otajonov zafar quchdi. Tosh ko'tarish mashqini bajarishda ham xivalik Dilshodbek Bobojonov g'oliblikni qo'lga kiritdi. Mazkur musobaqalarning g'olib va sovrindorlariga ham tashkilotchilar tomonidan qimmmatbaho sovg'alar topshirildi. Tadbir xorazmlik sanat ustalarining keng qamrovli koncert dasturi bilan davom etdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing