So’nggi yangiliklar

18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0

14 iyu 16:10
Yangiliklar

Tadbirlar, Tokio-2020

Bosh vazir o'rinbosari ishtirok etgan MOQ Assambleyasi haqida batafsil + FOTO

Bugun, 14 iyun kuni Milliy olimpiya qo'mitasida tashkilotning 35-Bosh Assambleyasi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Aziz Abduhakimov, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, MOQ ijroqo'm azolari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Bosh kotib Jasur Matchanov kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala tashkilotga yangi vice-prezidentlar saylash ekanligini malum qildi. Yig'ilishda delegatlarning 32 nafaridan 30 nafari qatnashdi. SHu kungacha vice-prezident sifatida faoliyat yuritgan Ahmadjon Rahimov va Komil Ro'ziev o'z xohishiga ko'ra vice-prezidentlik lavozimini tark etdi. 

Ularning o'rniga MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov O'zbekiston boks federaciyasi raisiniing birinchi o'rinbosari Saken Polatov, shuningdek, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Komilov nomzodi ilgari surildi. Ko'rsatilgan nomzodlar bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi. 

SHu tariqa, Saken Polatov va Aziz Komilov O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining vice-prezidenti sifatida faoliyat olib boradigan bo'ldi. 

Yig'ilish davomida Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Rustam SHoabdurahmonov ayni paytda amalga oshirilayotgan ishlar, Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik yo'lida ishlab chiqilgan tezkor chora-tadbirlar haqida malumot berdi. Sportchilarni tibbiy tomonlama tayyorlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, federaciyalarda yuzaga kelgan holatlar, yaratilgan sharoitlar haqida ham MOQ rahbari gapirdi. 

Qolaversa, 2016 yilgi bilan taqqoslaganda xech qanday innovacion yangiliklar yo'qligi tanqid qilindi. Bu borada takliflar mavjud emasligi haqida MOQ rahbari kuyunib gapirdi. Tayyorgarlik jarayoni sifatini yanada oshirish lozimligi qayd etildi. SHuningdek, faqat xorijiy yig'inlarga etibor qaratmay, mahalliy murabbiylar tajribasini oshirish kerakligi, ishga yangicha yo'nalishda yondoshish lozimligi ham aytildi. 

Rustam SHoabdurahmonov yig'ilish davomida xorijiy mamlakatlar sportchilarini belgilangan taqvim-rejani buzmay, shu asosida ularni O'zbekistonga yig'inga taklif qilish kerakligini ham aytib o'tdi. Birgalikda, hamjihatlikda ishlashga tayyor ekanligini malum qildi. 

Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov ham vaqt oz qolganligini, Tokio Olimpiadasi uchun maqsad va vazifalar katta ekanligini aytib o'tdi.

"Etibor bergan bo'lsangiz, MOQ rahbari federaciyalar bilan shaxsan tanishib chiqmoqda. Barchangizda kelajak uchun rejalar bo'lishi lozim. Federaciyalarda bunday rahbar juda kam. Bundan tashqari, MOQqa yangi ikki nafar rahbar saylandi. Mamlakat rahbariyati oldimizda turgan Olimpiya o'yinlari uchun katta vazifalarni qo'ymoqda. Buning uchun bizda barcha sharoitlar bor. Davlat pul ajratdi. Bu soliq to'lovchilarning pulidir. Bizda shifoxonalar, maktablar va OTMlar bor - ularga ham katta mablag' kerak bo'ladi. Ammo, Prezidentimiz sport sohasi uchun ham mablag' topib berdilar. Ular 

Yangi rahbarlar haqida gapiradigan bo'lsam, Aziz Komilov Moskvada faoliyat olib borgan. O'zi yurist. Tajribali. Saken Polatov haqida ham shunday iliq fikrlar bildirishimiz mumkin. U moliyani juda yaxshi tushunadi. 

Sizlar uchun yaxshi pul beriladi. Ammo, javobgarlik katta bo'ladi. Xalqning yo'naltirilgan pullari natija bera oladimi? Bu juda katta masuliyat degani. Bugundan boshlab sizlar uchun katta vakolat berilmoqda. Avvalgi Olimpiya o'yinlariga nisbatan ikki barobar ko'p medal ololmasak, buning uchun javob beramiz. Xalqimiz, Prezidentimiz oldida javob berishimiz kerak bo'ladi. Buni barcha yaxshi tushunishi lozim. Vaqt juda kam qoldi. 

Asosiy raqiblarni o'rganib, tahlil olib borish lozim. Hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlov katta. Sizlarni xech kim cheklab qo'yayotgani yo'q. Agar vazifani bajara olmaydiganlar bo'lsa boshqa qaror qabul qilish kerak. Xech kim shunchaki yurmasligi kerak. Agar buni bajarishni istamasangiz - yaxshisi joyni bo'shatib qo'ying. "Planka" juda yuqori qo'yilgan. Yodingizdan chiqmasin. Men bu borada MOQ, vazirlik, federaciya mutasaddilarini eshitishga tayyorman. Etiboringiz uchun rahmat", - dedi Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov. 

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev ham so'zga chiqib, o'zaro hamkorlikda ishlash lozimligini qayd etib o'tdi. 

"Vazirligimiz doimo sizlarni qo'llab-quvvatlashga tayyor. Yangi saylangan mutasaddilarga omad tilaymiz. Tokio Olimpiadasi yo'lida tayyorgarlik to'xtab qolgani yo'q. 

Muammolar haqida gapiradigan bo'lsam, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusdan biri - yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga yo'naltirish. Ammo, bu borada joylardagi tegishli rahbarlar tomonidan xech qanday takliflar bo'lgani yo'q. Biz joylarda sport rivoji yo'lida targ'ibot-tashviqot ishlarini ham olib borishimiz kerak. Vazirlik imkon darajasida ushbu ishlarni amalga oshirmoqda. Rustam Mavzurovichdan ushbu masala borasida hamkorlik qilishni, yordam berishlarini iltimos qilaman.

Ikkinchi masala - universitetga qabul. Bu borada ham sport federaciyalari ishlamayapti. Universitetda yoki ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida sharoitlar u qadar ko'ngildagidek emas. O'ylaymanki, norozilar qolmadi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun hamjihatlikda ishlashimiz kerak", - dedi Dilmurod Nabiev. 

SHuning bilan Milliy olimpiya qo'mitasining navbatdan tashqari yig'ilishi yakuniga etdi. 

Aziz To'xtamurodov 

Foto: Tolibjon Qosimov



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing