So’nggi yangiliklar

18:47Баҳромжон Рўзиевнинг Mangu MMA 1 турниридаги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 18:26Ёмон хабар: Ўзбекистон қишки Олимпиададаги лицензиясидан айрилди 0 18:05Сирдарёда белбоғли кураш бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 17:44"Реал" Португалия терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда 0 17:23Собиқ Bellator чемпиони UFC’дан ҳайдалди, унинг янги борар манзили ҳам аниқ 0 17:02Велотрекчиларимиз Осиё кубогидаги иштирокини бошламоқда 0 16:41Australian Open. Соболенко - Cвитолина учрашувида илк финалчи аниқланди 0 16:20Испания терма жамоаси етакчисининг ЖЧ-2026`да иштирок этиши сўроқ остида 0 15:59Тейшейра: "Поатан Чимаевни уч раундда нокаутга учратади" 0 15:38Ҳумоюн Султонов Заҳрада 1/4 финалга чиқди 0 15:1748 ёшли Йоэль Ромеронинг BKFC лигасидаги жанги бекор қилинди 0 14:56Трубин ЕЧЛ тарихида фақат 4 нафар дарвозабонга насиб этган муваффақятни қайд этди 0 14:35Эркин кураш афсонаси UFC жангчиси Бо Никалнинг чақирувига жавоб берди 0 14:14UFC Ислам Махачевга рақиб таклиф қилди 0 13:53Полиция собиқ жаҳон чемпиони Жервонта Дэвисни ҳибсга олди 0

14 may 13:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Botir Ahmedov hakamlar qaroridan norozi

Xabaringiz bor, bugun tongda AQSHning Las-Vegas shahridagi The Chelsea at the Cosmopolitan of Las Vegas arenada professional boks kechasi bo'lib o'tdi.

Oqshom doirasida superengil vazn toifasida (63,5 kg) yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan 32 yoshli charm qo'lqop ustamiz Botir Ahmedov (9-3) amerikalik 29 yoshli Kennet Sims Junior (20-2-1)ga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib (112-116, 113-115, 114-114) qo'ydi. 

Ushbu jang superengil vazn toifasida WBA chempionlik kamariga majburiy davogar (Eliminator) nomini aniqlab berdi. Sims Junior keyingi jangini chempionlik kamari uchun o'tkazadi. Kamar yo'lidagi uchinchi urinishda ham mag'lubiyatga uchragan Ahmedov esa bahsli g'alabani Kennetga taqdim etgan hakamlar qaroridan norozi ekanini bildirdi. 

"Albatta, men bu jangni ko'rib chiqishim kerak. O'ylashimcha, bugungi jangda g'alaba qozondim. Men o'zim mag'lub deb hisoblamayman. SHunday xulosa kelyaptiki, raqiblarim 12 raundni bir amallab to'liq o'tkazib olishsa, g'alaba qozonishadi. Hech bir 12 raunlik jangda menga hali g'alabani berishmadi. Bu men uchun juda og'ir. Men mashg'ulotlarga qancha kuch sarfladim. Jahon chempioni bo'lishdek oliy maqsadim nihoyat uchinchi urinishda amalga oshadi deb o'ylagandim. Lekin o'xshamayapti. Balki muxlislar obektiv fikr bildirishar. Nima deb o'ylaysiz, bu jangda kim g'alaba qozondi?", - dedi Ahmedov. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing