14 may 09:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Botir Ahmedovning WBA kamari uchun uchinchi urinishi. Jang to'liq davom etdi
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi The Chelsea at the Cosmopolitan of Las Vegas arenada professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshom doirasida superengil vazn toifasida (63,5 kg) yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan 32 yoshli charm qo'lqop ustamiz Botir Ahmedov (9-3) ham o'z jangini o'tkazdi. Sirdaryolik bokschimizga amerikalik 29 yoshli Kennet Sims Junior (20-2-1) raqibliq qildi.
Jang superengil vazn toifasida WBA chempionlik kamariga majburiy davogarlik (Eliminator) maqomida bo'lib, to'liq 12 raund davom etdi. Yakunda hakamlar 116-112, 115-113, 114-114 hisobidagi bahsli g'alabani Kennetga taqdim etishdi.
SHu tariqa, Botir Ahmedovning chempionlik kamari yo'lidagi uchinchi urinishi ham omadsizlikka uchradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar