02 noy 12:59
Yangiliklar
Botirov Belgradda bronza uchun kurashadi
Yigirma uch yoshgacha bo'lgan kurashchilar o'rtasidagi dunyo birinchiligida O'zbekiston erkin va yunon-rum kurashi terma jamoalari ham ishtirok etadi. Kecha jahon chempionatida yunon-rum kurashi bo'yicha bahslar boshlangandi. Hamyurtlarimizdan birgina Ixtiyor Botirov bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.
55 kg vazn toifasidagi kurashchimiz 1/16 finalda eronlik Poya Soulat Marzga imkoniyatni berib qo'ygandi. Marz finalga etib kelgani uchun Botirov bronza uchun kurashadigan bo'ldi. Faqat buning uchun birinchi galda ozarbayjonlik Nihad Guluzadeni mag'lub etishi lozim. Qolgan kurashchilarimiz saralash bahslaridayoq kurashni to'xtatishdi.
Yunon-rum kurashi. O'tish bellashuvi
Ixtiyor Botirov (O'zbekiston) - Nihad Guluzade (Ozarbayjon)
Fikrlar