06 mar 18:05
Yangiliklar
Boks/MMA
"Braziliya bunga loyiq". Oliveyra UFC’dan stadionda turnir o'tkazishni talab qildi
UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra promoushen rahbariyatiga murojaat qilib, Braziliyadagi stadionda turnir o'tkazishni so'radi.
"Bu haqda avval ham aytganman va oxirgi jangimdan keyin ham takidladim — Braziliya bunga loyiq. Hozir buni amalga oshirish vaqti keldi. Stadionda turnir o'tkazish vaqti keldi. Braziliya xalqi bunga loyiq. Maydon markaziga oktagon qo'ying - biz esa o'z ishimizni qilamiz — stadionni to'ldiramiz. Eshiting, Dana, Xanter, SHon SHelbi — kelinglar, buni amalga oshiramiz. Braziliya xalqi bunga loyiq va biz buni ajoyib tarzda amalga oshiramiz", — dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar