16 may 12:01
Yangiliklar
![](/upload/storage/218863_220.jpg)
"Braziliyada kutyapmiz". Oliveyra jamoasi Maxachevga murojaat qildi
Bu haqda Oliveyraning murabbiyi Diego Lima fikr bildirib, ehtimoliy raqib sifatida rossiyalik Islam Maxachevni aytgan.
"O'ylashimcha, bu jangni tashkil qilishning imkoni bor. Biz UFC`ga ishlaymiz. Oliveyraning murabbiyi sifatida esa ko'proq uning salomatligi, faoliyati haqida qayg'urishim kerak. Keyin meni bir savol qiynaydi – nima uchun Braziliyada emas?
CHarlz – chempion. U tarixni yangilashda davom etmoqda. Xabib nimaga Maxachev bilan jangni Abu-Dabida o'tkazmoqchi? Yo'q, biz CHarlzning Braziliyada jang o'tkazishini istaymiz. Biz bilan jang qilish uchun Braziliyaga uchib kelinglar", — deya Limaning so'zlarini keltirmoqda Sportskeeda.
Eslatib o'tamiz, Oliveyra o'tgan hafta Jastin Getjini birinchi raundning o'zida bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgandi. Ammo, bu vaznda chempionlik kamari vakant bo'lib qolgan edi. Bunga CHarlzning belgilangan vaznni qila olmagani sabab bo'lgandi.
Fikrlar