16 may 13:13
Yangiliklar

Braziliyalik taniqli UFC jangchisiga katta ko'chani ko'rsatib qo'yishdi
Bu safar braziliyalik Bruno Silva tashkilot rosteridan chiqarildi. 35 yoshli aralash yakkakurash ustasi yarimog'ir vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgandi. Promoushendan haydalishiga sabab etarli bo'lib ulgurgan ekan. Ketma-ket 5 ta mag'lubiyatdan keyin UFC bosslari Brunoga boshqa "shans" bermaslikni lozim topishdi.
Malumot uchun, Bruno Silva o'tgan hafta Monrealda o'tgan turnirda kanadalik Mark-Andre Barrioga birinchi raundning o'zida nokaut evaziga yutqazgan edi. Uning MMAdagi natijasi 36 ta jang - 23 g'alaba va 13 mag'lubiyatdan iborat. So'nggi ikki yilda beshta mag'lubiyatni qabul qilib olgan Silva faoliyatining malum qismini Rossiyada o'tkazgan va hatto M-1 Challenge promousheni chempioni ham bo'lgan edi.
Fikrlar