22 iyu 15:37
Yangiliklar
Breaking! Islam Maxachev - CHarlz Oliveyra jangi tasdiqlandi + FOTO
Engil vazn (70 kg) toifasida UFC chempionlik kamari uchun jang braziliyalik CHarlz Oliveyra (33-8) hamda rossiyalik Islam Maxachev (22-1) o'rtasida bo'lib o'tadi.
Xabarda qayd etilishicha, ushbu jang 23 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC 281 turnirini bezab beradi. Yani, Oliveyra - Maxachev to'qnashuvi oqshomning markaziy jangi maqomida bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Oliveyra may oyida o'tgan UFC 274 turnirida belgilangan vazn meyorini bajara olmay, kamaridan mahrum bo'lgandi. Vaholanki, CHarlz birinchi raunddayoq amerikalik davogar Jastin Getjini bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda chempionlik kamari vakant, yani egasiz bo'lib turibdi.
Fikrlar