25 sen 19:18
Yangiliklar
Dzyudo

Britaniyalik 97 yoshli dzyudochi 10-DAN sohibi bo'lmoqchi
Nafaqat Buyuk Britaniya, balki dunyoning eng keksa dzyudo ustalaridan biri, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Jek Xirn tez orada 10-DAN qora belbog' sohibiga aylanadi.
Malumot uchun, 97 yoshli Jek Xirn Nortumberlend shtatining Kramlington shahrida dunyoga kelgan. Otaxon 2010 yilda 9-DAN meyorini bajargan. Qoida bo'yicha Jek bu yil 10-DAN maqomini olishi kerak.
Jek Xirn Ikkinchi jahon urushida Nortumberlendsk Qirollik armiyasining o'qchi polkida SHimoliy Afrika va Italiyadagi qurolli to'qnashuvlarda ishtirok etgan. Urushdan keyin uyiga qaytib, Nort-SHildsda mehnat faoliyatini davom ettirgan. 1951 yilda akasi Rob bilan birga dzyudo to'garagida shug'ullanishni boshlagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar