20 sen 09:57
Yangiliklar
Futbol
"Bu adolatdan emas". Rafinya "Oltin to'p" nominantlari ro'yxatida yo'qligi haqida gapirdi
"Barselona" hujumchisi Rafinya 2026 yilgi "Oltin to'p" nominantlari ro'yxatida yo'qligi haqidagi savolga javob berdi.
SHuningdek, mukofotga davogarlar qatoriga "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachisi Pedri ham kiritilmagan edi.
"Menimcha, bu adolatdan emas. Nafaqat menga nisbatan, balki Pedriga nisbatan ham. O'ylashimcha, u ham ro'yxatda bo'lishi kerak edi", — dedi Rafinya RAC1 nashriga bergan intervyusida.
O'tgan mavsumda braziliyalik hujumchi barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. "Barselona" tarkibida Rafinya Ispaniya chempioni bo'ldi va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi. 2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi 1/8 final bosqichida musobaqani tark etdi.
Havola :
Manba : RAC1
Fikrlar