03 dek 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA
"Bu boks uchun yomon scenariy bo'ladi". Sobiq chempion Joshuaning Pol bilan jangi haqida gapirdi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni SHon Porter Entoni Joshua va Jeyk Pol o'rtasidagi jang haqida o'z fikrini bildirdi.
"Rostini aytaman: agar bu jang hamma kutganidek o'tmasa, boks haqida "hammasi oldindan kelishilgan" degan gap-so'zlar ko'payadi. Men buni oldin ham aytganman: bu boks uchun yomon. Agar Jeyk Pol yutib qo'ysa, hamma jangni kelishilgan deydi. Olimpiyachining, Entoni Joshua kabi chempionning yutqazishi — ayniqsa yutuberga, Disney'dan chiqqan yigitga — tasavvur qilish qiyin.
SHu bilan birga Porter qo'shimcha qiladi:
"Jeyk hozir haqiqiy bokschi. U bu erga noananaviy yo'l bilan keldi, lekin qattiq mashq qiladi. Men murabbiy Ueydni deyarli ko'rmay qo'ydim — chunki u doim Jeyk bilan. Jeyk tinimsiz ishlayapti. U tayyor bo'ladi. Va bu jang Jeyk Polning yutqazishi uchun qilingan jang emas".
Havola :
Manba : Artist Sports
Fikrlar