11 apr 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu jangni qizimga bag'ishlayman" - SHahram G'iyosov
Professional bokschimiz SHahram G'iyosov navbatdagi jangi oldidan qisqa intervyu berdi.
U 13 aprel tongida argentinalik Franko Maksimiliano Okampo bilan jang qiladi.
"Albatta bu men uchun juda qayg'uli. Men uni judayam yaxshi ko'rardim. Uni haligacha sog'inaman. Lekin qizimga, ota-onamga jahon chempioni bo'lishni vada qilganman. Bu jangni qizimga bag'ishlayman", - dedi SHahram "Mir Boksa" matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, mart oyi o'rtalarida SHahramning 2 yoshli qizi vafot etgandi.
Bo'lajak jangda hamyurtimizga omad tilaymiz.
Havola :
Fikrlar