01 noy 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA
"Bu - men xohlagan jang". Xollouey engil vaznda kim bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi
BMF kamari sohibi Maks Xollouey UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra bilan revansh jangini o'tkazishga tayyor ekanini bildirdi.
"Oliveyra bilan revansh — men xohlagan jang. Bu jangni ko'pchilik ko'rmoqchi. Bizda u bilan tarix bor. Hozir rosterda BMF kamari uchun mos jangchilar ko'p emas, ammo CHarlzning nomi bu qisqa ro'yxatda bor.
U har safar bizning ilk jangimiz haqida gapirganda, mag'lubiyatni jarohat bilan izohlaydi. SHuning uchun bu masalaga nuqta qo'yaylik.
Oliveyra bir vaqtlar katta ishlarni amalga oshirgan, chempion bo'lgan. Agar men yana engil vaznning TOP-5 jangchisidan biriga qarshi jangda g'alaba qozonsam, bu meni asosiy maqsadim — kamar uchun jangga yaqinlashtiradi", — dedi Xollouey Yahoo Sports nashriga.
Havola :
Manba : Yahoo Sports
Fikrlar