06 sen 17:44
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu mening ham asabimga tegardi!". Meyvezer Tayson bilan jang tanqidchilari haqida gapirdi
Sobiq bokschi Floyd Meyvezer Mayk Tayson bilan jangi anonsiga muxlislarning negativ munosabati haqida fikr bildirdi.
"Bu jangdan odamlarning jahli chiqyaptimi? Jin ursin, ularning o'rnida men ham o'zimga nisbatan alamni his qilardim. Meyvezer 30 yildan beri qanday qilib bunday pullar ishlamoqda? Bu mening ham asabimga tegardi. Men Meyvezerning asosiy tanqidchisi bo'lardim!
Odamlar istagan gapini gapirishi mumkin. Ular doimo g'oliblarni muhokama qilishadi. Men esa aynan g'olibman!", - dedi Meyvezer.
Malumot uchun, Tayson va Meyvezer o'rtasidagi jang 2026 yil bahorida o'tkazilishi elon qilindi.
Havola :
Manba : Boxing Social
Fikrlar