So’nggi yangiliklar

14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0

26 iyu 16:41
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Bu nohaqlik! Nega Fergyusonga chempionlik jangi berilmaydi? CHempionlikka loyiq jangchi haqida qiziqarli malumotlar

Engil vazn toifasida UFCda ikki nafar kuchli jangchi bor.

Bular Xabib va Fergyuson. Xabibning UFCdagi natijasi o'n bir g'alaba, Fergyusonda esa bu ko'rsatkich o'n ikkitani tashkil etadi. Jangchilar o'rtasidagi eng qiziqarli farq Toni hali bir marta ham to'laqonli chempionlik jangida ishtirok etmagan. Bu nohaqlik. 


Tonining UFCda erishgan qiziqarli ko'rsatkichlari:

-UFCda o'n ikkita jangdan iborat g'alabali seriya;

-UFC engil vazn divizioni tarixidagi ketma-ket eng ko'p g'alaba qozongan sportchi;

-Hozirda faoliyatini olib borayotgan UFC jangchilari orasida ketma-ket eng ko'p g'alaba qozongan sportchi;

-UFCdagi 15 ta jangining 11 tasini muddatidan avval yakunlagan;

-So'nggi sakkizta jangdan ettitasida eng yaxshi jang sovrini egasi;

-Fergyuson raqiblarini nafaqat mag'lub etadi, balki yakson qiladi.



Fergyuson UFCdagi so'nggi mag'lubiyatini qabul qilganda promoushen qanday edi? 

Toni Fergyuson so'ngi bor 2012 yilda mag'lub bo'lgandi

-Qizlar hali UFCda jang qilmagandilar;

-Hozirgi UFC chempionlari Kamaru Usman va Genri Sexudo MMAda bir marta ham jang qilishmagan;

-O'sha davrda engil vazn toifasidagi chempion Ben Xenderson edi;

-Anderson Silva va Jorj Sen-Per UFC chempionlari hisoblanishar edi;

-UFCda o'taengil vazn paydo bo'lganiga endigina ikki oy bo'lgandi.


Fergyusonning UFCdagi barcha qurbonlari:

Maykl Rio-nokaut

Kacunori Kikuno-nokaut

Denni Kastilo-ochkolar hisobiga ko'ra

Abel Truxilo-nokaut

Gleyson Tibau-nokaut

Josh Tomson-ochkolar hisobiga ko'ra

Edson Barboza-nokaut

Lendo Vannata-nokaut

Rafael dus Anjus-ochkolar hisobiga ko'ra

Kevin Li-nokaut

Entoni Pettis-nokaut

Donald Serrone-nokaut


Toni UFCdagi birinchi va so'nggi mag'lubiyatini kimdan qabul qilgan?

Toni Fergyuson UFCga 2011 yilda The Ultimate Fighter promushenidagi ajoyib janglari tufayli kirib kelgan. Toni The Ultimate Fighter'ning haqiqiy yuzi edi. Fergyusonning UFCdagi faoliyati ham yaxshi boshlanadi. Dastlab Aaronu Raylini jag'ini sindiradi, keyingi jangida Iva Edvadrsni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan. Uchinchi jangini 2012 yilning may oyida o'tkazishi lozim edi. Toniga raqib topishga juda ko'p vaqt ketib qoladi. Unga qarshi jang qilishi lozim bo'lgan jangchilar Dennis Xollmen va Tiago Tavares birin-ketin jarohat olishadi. SHundan so'ng, raqib sifatida Maykl Jonson tayinlanadi. Maykl Toniga nisbatan UFCga avvalroq kirib kelgan va uning rekordi 2-2 ni tashkil qilardi. Jang to'liq uch raund davom etadi. Fergyuson jangning boshidan oktagon markazini egalashga harakat qiladi, lekin jangga tayyorlagan rejasini to'liq bajara olmaydi. Fergyuson ko'plab kuchli zarbalar yo'llashga harakat qiladi, lekin uning ko'p zarbalari manzilga etib bormasdi, Jonson esa jangni to'liq ikkinchi raqamda o'tkazib, ko'plab aniq zarbalar berishga erishadi. Maylk Tonini nokdaun holatiga tushirmagan bo'lsada, ko'plab daxshatli holatlarga tushirib qo'yishga erishadi. Toni mag'lub bo'layotganini sezadi va uchinchi raundda bor kuchini ishga solishga harakat qildi. Lekin raqib hali hamon unga qarshi uning uslubida ajoyib jang olib borardi. Jang yakuniga etganidan so'ng hakamlarning barchasi bir ovozdan 30-27 hisobida Mayklning g'alabasini elon qilishdi.

«Birinchi raundda u mening boshimga juda kuchli oyoq zarbasini berishni uddaladi, shundan so'ng men o'zimga kela olmadim. Keyin harakatlarimda chegaralanishlar paydo bo'ldi»,-degandi jangdan so'ng Fergyuson.

Ikki yil avval ular yana uchrashishlari mumkin edi.

Fergyuson va Jonson o'zaro janglaridan so'ng, ularning faoliyati bir birinikidan keskin farq qildi. Toni mag'lubiyatdan so'ng ketma-ket o'n ikkita jangda g'alaba qozonib, UFCning yulduziga aylandi. Mayklning ishlari esa ortga qarab ketdi. Mayklning Toni bilan bo'lgan jangdan so'ng UFCdagi rekordi 8-8. Toni va Maykl 2017 yilda yana bir bor to'qnash kelishlari mumkin edi, lekin jang tashkil etilmadi. O'shanda Fergyuson Xabib bilan jang qilishi kerak edi, biroq oxirgi daqiqalarda Xabibning sog'lig'i yomonlashgani sababli jang bekor qilinadi. SHuning uchun Toniga tezlik bilan raqib qidirladi va raqib sifatida Jonson topiladi. Lekin, Fergyuson u bilan jang qilishni istamaydi va shu tariqa jang tashkil etilmaydi. Toni nega Mayklga qarshi revanshga rozi bo'lmaganini quyidagicha ifodalaydi:"CHempionlik jangi bo'lmagani sababli jangga rozi bo'lmadim, CHempionlik jangi bo'lmasa, o'z-o'zidan menga beriladigan pul mukofoti kamayadi. Agar menga chempionlik jangi singari pul berishsa, Maykl bilan jang qilishga roziman",-deb fikr bildirgandi. 

Maykl Jonson Xabib Nurmagomedov bilan ham jang qilgan, O'shanda Xabib raqini uchinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lub etishni uddalagan.

Toni va Xabibni jangini tashkil etish uchun UFC to'rt bor harakat qilgan. Har safar jangga oz qolganida ikki sportichidan birining jarohat olishi sababli bekor qilinadi. 

Oxirgi ikki yilda Tonida ko'plab muammolar bo'ldi. Xabibga qarshi jangiga bir hafta qolganida oyog'idan jiddiy jarohat oladi, uni olti oy davomida davolashga majbur bo'ldi. Entoni Pettis bilan qonli jangda ishtirok etdi, Uni sal qolsa jinni deb atashdi, lekin u qaytdi. Qaytganda ham chiroyli qaytdi. SHunday ekan, Toniga chempionlik jangida ishtirok etishga imkon bermaslik bu adolatsizlik, nohaqlik bo'ladi.


Xorijiy saytlar asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

 

Reyting: +2   

Fikrlar

   
26 iyu 21:06:06
Bunyod Farhodov
Umed umed foydalanuvchining fikriga javob berish
Adminlar xabib jonsoni bogish usulidamas qulini qayirish usuli bilan yengadi
Qadrdon, bu tarjima ekan. Hayronman nega barcha userlar faqat ma’lumotlardan xato topishga harakat qilishadi? Men aynan sizni nazarda tutmadim, CA saytida ham barcha kommentlar xato topishga qaratilgandek go’yo. Maqolaga gap yo’q!
   
26 iyu 17:44:41
Umed umed
Adminlar xabib jonsoni bogish usulidamas qulini qayirish usuli bilan yengadi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing