23 sen 09:16
Yangiliklar
Sport kurashlari

Bu qiziq! 24 yil avval qaysi o'zbekistonlik yunon-rum kurashchisi JCH medaliga ega chiqqandi?
Bir necha kun oldin Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi dunyo birinchiligi nihoyasiga etdi.
Musobaqaning yunon-rum kurashi bellashuvlarida O'zbekiston terma jamoasining 63 kg vazn toifasidagi vakili Aytjan Xalmaxanov barcha raqiblaridan ustun kelib, oltin medalga ega chiqdi.
Qizig'i, Aytjan bu natijasi orqali O'zbekistonning 24 yillik tanaffusdan keyin ilk bor yunon-rum kurashi bo'yicha kattalar o'rtasidagi JCH oltin medalini qo'lga kiritishiga sababchi bo'ldi.
Xalmaxanovga qadar so'nggi bor 2001 yilgi Jahon chempionatida Dilshod Oripov (58 kg) yunon-rum kurashi bo'yicha dunyoda tengsiz bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar