19 noy 15:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Bu qiziq! Fabio Uordli chempion deya elon qilingan WBO reytingida Bahodir Jalolov nechanchi o'rinni egallab turibdi?
Kuni kecha ukrainalik Aleksandr Usik super og'ir vazn toifasidagi WBO chempionlik kamaridan voz kechgandi.
Bu holatda Jahon boks tashkiloti britaniyalik 30 yoshli Fabio Uordlini chempion sifatida elon qildi.
Ushbu vazn toifasida jang qiluvchi o'zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov ayni damda WBO reytingida 10-o'rinni band etib turibdi. Jalolov 14 noyabr kuni Toshkentda jang qilib, nigeriyalik Solomon Adebayoni mag'lub etgandi.
Uordli ilk kamar himoya jangini 20 yoshli vatandoshi Mozes Itaumadan himoya qilishi kutilmoqda.

Havola :
Manba : WBO
Fikrlar