01 okt 17:25
Yangiliklar
Og'ir atletika
Bu qiziq: Hindistonda doping-oficer kelishini eshitgan og'ir atletikachilarning 219 nafari musobaqada qatnashmaslikka qaror qildi
Hindistonda og'ir atletika bo'yicha musobaqaga doping-oficerlar kelishini eshitgan 219 nafar sportchi bahslarda qatnashmaydigan bo'ldi.
CHempionat Uttar-Pradesh shtatining Modinagar shahrida bo'ldi. Musobaqa boshlanishiga oz vaqt qolganda atletlarga mamlakat antidoping agentligi xodimlari kelishi haqida xabar berishdi. Yakunda esa ro'yxatdan o'tgan 519 nafar sportchining 219 nafari musobaqada qatnashishdan bosh tortdi.
Odatda shtatlar darajasidagi bahslarda antidoping tekshiruvlari o'tkazishmasdi.
Ishtirokchilarning kamayib ketgani sababli bazi vazn toifalarida bellashuvlar o'tkazilmadi yoki 1-2 nafar qatnashchi ishtirokida bo'lib o'tdi.
Havola :
Manba : Amar Ujala
Fikrlar