06 iyu 12:51
Yangiliklar
"Bu Volkanovski uchun muammoga aylanadi". Rodriges o'zining asosiy ustunligi nimada ekanligini aytdi
"Men uning uchun eng xavfli raqibimanmi yoki yo'q, buni bilmayman. Lekin, albatta eng kutilmagan va o'zgaruvchan raqib bo'laman. U qanday harakat qilishimni bilmaydi. Jangda chap yoki o'n stoykada harakat qilamanmi? Bularning barchasi nomalum.
Ko'pincha barcha uslublarni oldindan aytish mumkin. Raqibga qarab uslublarni o'zgartira olaman va bu asosiy ustunligim. O'ylaymanki, bu Volkanovskining asosiy muammosi bo'ladi", - dedi Rodriges.
Volkanovski aralash yakka kurashlarda 27 ta jang o'tkazgan, ularning 25 tasida g'alaba qozongan (12 tasi nokaut bilan) va ikki marotaba mag'lubiyatga uchragan. Rodriges esa 19 ta jang o'tkazgan, ularning 15 tasida g'alaba qozongan (beshtasida nokaut). Uch marta Yair mag'lubiyatga uchragan. Bitta jang esa tashkil etilmagan deb topilgan.
Fikrlar