So’nggi yangiliklar

19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0

14 jan 09:48
Yangiliklar

Tadbirlar

Bu yilgi kompleks musobaqalarga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi

2025 yil ham sport olamida bir qator kompleks musobaqalar o'tkazilishi belgilangan.

Sport vaziri Adham Ikramov va Otabek Umarov boshchiligidagi O'zbekiston MOQ rahbariyati ishtirokida ushbu yil kutib turgan ana shunday o'yinlarga tayyorgarlik mavzusida yig'ilish o'tkazildi. 

Yig'ilish avvalida Sport vazirligi boshqarma boshlig'i Akrom Nizametdinov 2025 yil kutib turgan kompleks musobaqalar, tashkiliy qo'mita talablariga ko'ra ularda ishtirok etish bo'yicha yosh chegaralari, O'yinlarga kiritilgan sport turlari kabi umumiy malumotlarni berib o'tdi.

Dastavval, 7-14 fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida o'tishi rejalashtirilgan IX qishki Osiyo o'yinlariga olib borilayotgan hozirlik ko'rib chiqildi. 

Unda Qo'mita raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov O'yinlarda ishtirok etishi kutilayotgan atletlar, sport turlari, terma jamoalarning tayyorgarligi borasida batafsil malumot berdi. SHuningdek, har bir sportchining qaysi sanada Xarbinga etib borishi, olib borayotgan mashg'ulotlari haqida ham to'xtalib o'tdi.

O'z o'rnida, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti, MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov delegaciya azolarining tayyorgarligi alo darajada bo'lishi lozimligi, mazkur musobaqa Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o'yinlariga hozirlik ko'rayotgan atletlarimizning imkoniyatini ko'zdan kechirishga yordam berishini takidladi. 

Qolaversa, sportchilarimizning manzilga kerakli muddatlarda etib borishlarini taminlash, ularning ekipirovkalarini yana bir karra nazoratdan o'tkazish, Atletlar shaharchasida delegaciya azolari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish kabi yo'nalishlar bo'yicha tavsiyalar berildi.

Suhbatda kompleks musobaqalarga yoshlar terma jamoasi azolarini ham keng jalb qilish, bu orqali ularning mahorati va xalqaro tajribasini oshirib borish muhimligi borasida fikrlar bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing