So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

04 iyu 19:20
Yangiliklar

Sport kurashlari, Olimpiya o'yinlari

Buenos-Ayresdagi Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalarimiz soni yana bittaga ko'paydi

Xabaringiz bor, bundan bir oy oldin o'smirlar o'rtasida sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tgandi.

Musobaqa yakunlariga ko'ra, erkin kurash bahslarida Eron terma jamoasi uchta Olimpiya vaznida oltin medalni qo'lga kiritgandi. Reglamentga ko'ra, mamlakat uchun faqatgina ikkita o'rin ajratiladi. SHu sababli, Eron terma jamoasi yo'llanmalarning biridan voz kechishi lozim edi. Kuni kecha forslar -80kg vazn toifasidagi yo'llanmadan voz kechganliklari malum bo'ldi. Ushbu vazn toifasida o'zbekistonlik yosh polvon Muhammadrasul Rahimov kumush medalni qo'lga kiritgandi. SHu sababli yo'llanma avtomatik ravishda hamyurtimizga beriladigan bo'ldi.

SHu tariqa, kurashchilarimizning yo'llanmalari soni yana bittaga ko'paydi. Buenos-Ayresdagi o'yinlarda erkin kurash bo'yicha Osiyodan Eron va O'zbekiston terma jamoalariga ikkita, Yaponiya terma jamoasidan esa bir nafar sportchi ishtirok etadi. Yunon-rum kurashida esa Eron va Yaponiya ikkitadan, O'zbekiston esa bitta licenziyaga ega. Ayollar kurashida ham ikki sportchimiz Olimpiya o'yinlarida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan. Demak, musobaqada umumiy hisobda sport kurashlari bo'yicha besh nafar sportchi O'zbekiston sharafini himoya qiladi.

Qayd etib o'tish lozimki, sport kurashlari bo'yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida faqat O'zbekiston Argentinadagi III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari yo'llanmasiga ega bo'ldi. Qo'shnilarimizdan xech qaysi mamlakat Buenos-Ayres yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing