13 iyu 09:12
Yangiliklar
Bugun 15 nafar bokschimiz Osiyo chempionati final chiptasi uchun ringga ko'tariladi
Bugun U19 yosh toifasidagi qita birinchiligida 1/2 final janglari o'tkaziladi. Ushbu bosqichga O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi eng ko'p ishtirokchi bilan etib kelgandi. Bugun 15 nafar bokschimiz final yo'llanmasi uchun ringga ko'tariladi.
Janglar bizning vaqt bilan soat 10:00da boshlanadi. Bokschilarimizning bugungi ishtirokini Nazokat Mardonova ishtirokidagi jang boshlab beradi. U taxminan soat 10:45da tailandlik Kanyapxat Baonok bilan hisob-kitob qiladi.
Juftliklar bilan tanishing:
-51 kg: Nazokat Mardonova - Kanyaphat Baonok (Tailand) 10:45
-54 kg: Sabrina CHakomanova - Farinaz Abdulloeva (Tojikiston) 11:15
-60 kg: Sevara Mamatova - Ayano Mochii (Yaponiya) 12:15
-65 kg; Rushanabonu Isoeva - Aisulu Muxit (Qozog'iston) 12:30
-70 kg: Maftuna Yangieva - Enxgerel Gerelmunx (Mo'g'uliston) 13:15
-75 kg: Samira Turg'unova - Kim Le Su (Vetnam) 13:45
-50 kg: O'tkirbek Norqosimov - Kotaro Nishizaki (Yaponiya) 16:15
-55 kg: Elyor Rustamov - Nurkoja (Qozog'iston) 16:30
-60 kg: Muhammadrizo Ukimov - Sikander (Hindiston) 17:15
-70 kg: Saidxo'ja Sadillaxo'jaev - Bibaris Ashirbay (Qozog'iston) 18:00
-75 kg: Suhrob Rahmatullaev - Axmadi Arvaz (Qirg'iz Respublikasi) 18:30
-80 kg: Abrorbek SHaripov - Usman Kaparov (Qirg'iz Respublikasi) 19:00
-85 kg: Sardorbek Bahromxo'jaev - Sagar (Hindiston) 19:45
-90 kg: Asadbek Sultanboev - Jalgas Utebekov (Qozog'iston) 20:00
+90 kg: Islam Salixov - Faris Al-Tani (Qatar) 20:30


Fikrlar