11 apr 10:20
Yangiliklar
Sport kurashlari
Bugun 5 nafar erkin kurashchimiz Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshlaydi
Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqa doirasidagi erkin kurash bahslari davom ettiriladi. Biroz avval start olgan bellashuvlarda terma jamoamizning 5 nafar erkin kurashchisi ham medallar yo'lida bahslarga kirishadi. Ular orasida Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori G'ulomjon Abdullaev ham bor. U ilk davrada xitoylik 28 yoshli Czou Vanxaoga qarshi bahs olib boradi.
Bugun gilamga chiqadigan kurashchilarimiz:
-61 kg: G'ulomjon Abdullaev – Czou Vanxao (Xitoy)
-74 kg: Begijon Qo'ldoshev – Batukinggele (Xitoy)
-86 kg: Bobur Islomov – Mukul Dahiya (Hindiston)
-92 kg: Sadirdin Daminjonov – Bat Erdene Byambasuren (Mo'g'uliston)
-125 kg: Hasanboy Rahimov – Tayki Yamamoto (Yaponiya) / Dinesh (Hindiston)

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar