So’nggi yangiliklar

12:32Жаско коач Рамазон Темировнинг вазни қандай ҳолатда эканини айтди 0 11:59AIPS ЖЧ-2026нинг энг яхши ўн нафар футболчиси номини эълон қилди 0 11:27Магомед Анкалаев Алекс Перейрага қарши реваншга чиққанидан афсусдалигини тан олди 0 10:55Рамазон Темиров илк бор Стив Эрцег ҳақида гапирди 0 10:24Тайсон Фьюрининг жанги жонли эфирда намойиш этилмайди 0 09:52МЮ афсонаси Аргентинанинг финалдаги ўйини ҳақида: "Бир қоп аҳлатдек ўйнашди" 0 09:11Бугун Иқболжон Холдаров ва Самандар Олимов Арманистонда рингга чиқади 0 08:39Венгриялик машҳур велосайёҳ Олимпия шаҳарчасида бўлди 0 08:0239 ёшли Майкл Пейж: "Ҳанузгача UFC камарини қўлга киритишга қодирман, деб ҳисоблайман" 0 19:10Суперлигада мураббийлар "рокировкаси": танаффусдаги кутилган ва кутилмаган тайинловлар 0 18:37Хабиб Нурмагомедов ЖЧ–2026нинг рамзий терма жамоасини тузди. Унда Месси ва Роналду йўқ 0 17:53Асу Алмабаев RAF Лигасидаги илк жанги эълон қилинди 0 17:26Музаффаров ва Холдаров Ереванда илк жангларини ўтказишди 0 16:54Винисиус косметик операция қилдирди 0 16:25Қозоғистонлик Жаҳон чемпиони Жанибек Алимханули бошқа вазнга ўтаётганини эълон қилди 0

11 mar 11:15
Yangiliklar

Boks/MMA

Bugun 7 nafar bokschimiz Olimpiada licenziyasi uchun ringga ko'tariladi

Teglar :  Licenzion turnir
Bugun Italiyaning Busto-Arcizio shahrida boks bo'yicha licenzion turnir o'z yakuniga etadi.

Bugun nufuzli musobaqada 1/4 va 1/2 final janglari bo'lib o'tadi. Muhimi, ushbu jang g'oliblari Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Bugun 7 nafar bokschimiz ana shu licenziyalar uchun ringga ko'tariladi. 

CHarm qo'lqop ustalarimizning bugungi masuliyati janglardagi ishtirokini Ruslan Abdullaev boshlab beradi. -63,5 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz serbiyalik Aleksey Sendrikka qarshi bahs olib boradi. Ushbu jang bizning vaqt bilan soat 17:00 da boshlanadi.

SHundan so'ng og'ir vaznli (-91 kg) bokschimiz Lazizbek Mullojonovga navbat keladi. U chorak finalda gruziyalik Georgi Kushitashvili bilan hisob-kitob qiladi. Mullojonov - Kushitashvili jangi soat 17:30 dan keyin start oladi.

Soat 19:00 dan keyin boshlanishi rejalashtirilgan 1/4 final jangida Navbahor Hamidova Dominikan Respublikasi vakilasi Maria Moronta Ernandez sinovidan o'tadi. -66 kg vazndagi bokschimiz g'alaba qozona olsa, Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritadi. 

Aziza Zokirova chorak finalda britaniyalik CHantelle Reid bilan to'qnash keladi. Soat 19:45 da boshlanishi kutilayotgan jang g'olibi Olimpiada chiptasiga ega chiqadi. 

Bokschilarimizning bugungi ishtirokini Sabina Boboqulova davom ettiradi. -50 kg vazndagi bokschimizning 1/4 finaldagi raqibasi yaponiyalik Rinka Kinoshita bo'ladi. Bu jang soat 23:15 da boshlanadi.

Jahon chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaevni haqiqiy sinov kutib turibdi. U 1/4 finalda iordaniyalik Ziyad Ishaish bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. -71 kg vaznli bokschimiz ishtirokidagi jang tungi soat 01:15 da boshlanadi.

CHarm qo'lqop ustalarimizning bugungi ishtirokini To'rabek Habibullaev yakunlab beradi. -80 kg vazndagi yosh bokschimiz Olimpiada chiptasi uchun kolumbiyalik Xuan Ortizga qarshi ringga ko'tariladi. Bu jang ham taxminan soat 1:15 dan keyin boshlanishi kerak.


Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar va ularning boshlanish vaqti:

-63.5 kg: Ruslan Abdullaev – Aleksey Sendrik (Serbiya) (17:00)

-92 kg: Lazizbek Mullojonov – Georgi Kushitashvili (Gruziya) (17:30 dan so'ng)

-66 kg: Navbahor Hamidova – Moronta Ernandez (Dominikan Respublikasi) (18:55 dan so'ng)

-75 kg: Aziza Zokirova – CHantelle Reid (Buyuk Britaniya) (19:40 dan so'ng)

-50 kg: Sabina Boboqulova – Rinka Kinoshita (Yaponiya) (23:15 dan so'ng)

-71 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev – Ziyad Ishaish (Iordaniya) (01:10 dan so'ng)

-80 kg: To'rabek Habibullaev – Xuan Ortis (Kolumbiya) (01:10 dan so'ng)

Janglar boshlanishi taxminan va Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi mazkur licenzion turnirda 9 nafar bokschi bilan ishtirokni boshlagandi. Ayollar o'rtasida -57 va -60 kg vazn toifalarida bokschilarimiz imkoniyatni boy berishgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing