So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

16 avg 10:11
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bugun 729 kunlik tanaffusdan so'ng Ufada sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati boshlanadi

Bir soatdan so'ng Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasi Ufa shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati start oladi.

Yigirma bir yoshgacha bo'lgan kurashchilar o'rtasida tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida O'zbekiston terma jamoasining ikki azosi ham gilamga chiqadi. Bizga nomalum sabablar tufayli terma jamoamiz jahon chempionatida to'liq tarkibda qatnasha olmaydi.

Ufa gilamlarida yurtimiz sharafini o'smirlar va yoshlar o'rtasida jahon chempioni, 2018 yil Argentinada o'tgan uchinchi o'smirlar Olimpiadasi g'olibi, "Sport Oskari" mukofoti sohibi Umidjon Jalolov (61 kg) hamda o'smirlar Olimpiadasining bronza medali sohibi Muhammadrasul Rahimov (92 kg) himoya qiladi. Ularning har ikkisi ertangi bellashuvlarda gilamga chiqadi.

729 kunlik tanaffusdan so'ng o'tkazilayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida dunyoning 53 davlatidan 500 nafardan ziyod kurashchilar 120 ta medallar jamlanmasi uchun baxslarga kirishadilar. Bundan avvalgi jahon chempionati 2019 yili Estoniyaning Tallin shahrida bo'lib o'tgan edi. Pandemik vaziyat sabab o'tgan yili yoshlar o'rtasida jahon chempionati o'tkazilmadi.

Qura natijasiga ko'ra 19 yoshli Umidjon Jalolov o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finaldan boshlaydi. Uning raqibi qozog'istonlik Salamat Malikov hamda ozarbayjonlik Abdulfaz Nasirov o'rtasidagi bellashuvdan so'ng malum bo'ladi. 20 yoshli Muhammadrasul Rahimov esa 1/8 finalda AQSH kurashchisi, 19 yoshli Rokki Jozef Elamga qarshi bahs olib boradi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing