12 sen 09:12
Yangiliklar

Bugun 8 nafar bokschimiz Jahon chempionatining 1/4 va 1/2 final janglarida ringga ko'tariladi
Bugungi kun doirasida chorak va yarim final janglari o'rin olgan bo'lib, kun davomida 8 nafar bokschimiz ishtirokidagi janglar guvohiga aylanamiz. Uch bokschimiz 1/4, qolgan besh nafari 1/2 final janglarida ringga chiqishadi.
Biz uchun ahamiyatli janglardan biri -75 kg vazn toifasida o'tkaziladi. Final chiptasi uchun kechadigan jangda hamyurtimiz Fazliddin Erkinboev terma jamoamizning sobiq azosi, hozirda Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan Saidjamshid Jafarov o'rtasida kechadi. Ushbu jang tungi soat 00:30da boshlanadi.
Juftliklar bilan tanishing:
1/4 final janglari:
-48 kg: Sabina Boboqulova - Jovanna Marchese (Italiya) 16:15
-50 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev - Soushi Makino (Yaponiya) 17:30
-85 kg: Akmaljon Isroilov - ????????Rikardo Fresneda (Ispaniya) 18:30
1/2 final janglari:
-65 kg: Navbahor Hamidova - CHen Nien-CHin (Xitoy Taypeyi) 22:45
-60 kg: Abdumalik Xalokov - SHunsuke Kitamoto (Yaponiya) 23:30
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon) 00:15
-90 kg: To'rabek Xabibullaev - Enmanuel Rees Pla (Ispaniya) 00:45
+90 kg: Jahongir Zokirov - Danabieke Bayikevuzi (Xitoy) 01:00
Jahon chempionatining kunduzgi dastur janglari bizning vaqt bilan soat 16:00, kechki dastur esa soat 22:00 da boshlanadi.
Fikrlar