So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

29 sen 12:10
Yangiliklar

Taekvondo

Bugun 8 nafar taekvondochimiz Rossiyadagi turnirda jang qiladi

Teglar :  Taekvondo
Moskva shahrida taekvondo bo'yicha G-1 klassidagi "Russia Open" reyting turniri bugun o'z yakuniga etadi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi sharafini 15 nafar sportchi himoya qilmoqda. Musobaqaning dastlabki kunida 7 nafar taekvondochimiz dayanga chiqdi va 4ta oltin medalni qo'lga kiritildi. Bugun qolgan 8 nafar taekvondochimiz jang qiladi. 

-49kg vazn toifasida Madinabonu Mannopova quraga ko'ra musobaqani ikkinchi bosqichdan boshlaydi. Birinchi bosqichdagi Anna Bajenova (Qozog'iston) - Vasilina Podrez (Rossiya) jangida g'olib chiqqan sportchi Mannopova bilan to'qnash keladi. 

-53kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi CHaros Qayumova ham musobaqani ikkinchi bosqidan boshlaydi. Unga Anastasiya Mitrofanova (Rossiya) - Biana Lager (Rossiya) juftligi g'olibasi raqib bo'ladi. 

-57kg vazn toifasida yurtimiz sharafini bir yo'la ikki taekvondochi himoya qiladi. Ozoda Sobirjonova musobaqani rossiyalik Elizaveta Ziminaga qarshi jang bilan boshlaydi. Bu jangda g'olib chiqqan sportchi keyingi bosqichda Ekaterina Kim (Rossiya) bilan to'qnash keladi. 

Zariya Qosimova esa ikkinchi bosqichda rossiyali Tatyana Kosyaevaga qarshi dayanga chiqadi. 

-74kg vazn toifasida jang qiladigan Xojiakbar Zokirov "Russia Open"ni rossiyalik Magomed Xizbulaevga qarshi bahs bilan boshlaydi. Bu bahs g'olibi Mixail SHestakov (Rossiya) bilan yarim finalga chiqish uchun jang qiladi. 

-80kg vazn toifasida Nikita Rafalovich ham musobaqaga ikkinchi bosqichdan qo'shiladi. Hamyurtimiz Aleksey Xoritonov (Rossiya) - Stanislav Melnik (Rossiya) jangida g'olib chiqqan taekvondochi bilan to'qnash keladi. 

Xuddi shu vazn toifasida SHuhrat Salaev chorak finalda rossiyalik SHamil Isakov bilan to'qnash keladi. 

+87kg vazn toifasida o'zbekistonlik SHohruh Rajabov musobaqani chorak finaldan boshlaydi. Unga qozog'istonlik Smail Duysebay raqib bo'ladi. 

Barcha sportchilarimizga omad tilab qolamiz. 

O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing