So’nggi yangiliklar

09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0

03 noy 10:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Bugun AIBA prezidentligi uchun saylov bo'lib o'tadi: Rahimovmi yoki Kanakbaev?

Xabar berganimizdek, Moskva shahrida Havaskor bokschilar associaciyasi (AIBA)ning hisobot-saylov Kongressi bo'lib o'tmoqda.

Bugun Kongressning ikkinchi kunidagi eng muhim masala bu shubhasiz AIBA prezidentligiga bo'ladigan saylovdir. Tashkilot rahbarligiga o'zbekistonlik G'ofur Rahimov hamda qozog'istonlik Serik Kanakbaev o'z nomzodlarini qo'yishgan. 

Ayni paytda G'ofur Ahmedovich Rahimov AIBA rahbari vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Kanakbaev esa Osiyo boks Konfederaciyasi prezidenti bo'lib turibdi. Bugungi saylovda G'ofur Rahimovga omad tilaymiz.  

Rejaga ko'ra, bugun soat 10:00 (Toshkentda 12:00)da Kongressning ikkinchi kuni boshlanadi. Saylov jarayoniga qadar kun tartibidan bir nechta masalalarning ko'rib chiqilishi ham o'rin olgan. Saylov natijasi malum bo'lganidan so'ng AIBAning yangi prezidenti so'zga chiqadi. Keyin 2020 yilgi Kongressning qachon va qaerda o'tkazilishi ham elon qilinadi. 

Malumot uchun, G'ofur Ahmedov 1951 yilning 22 iyul kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. 1993-1998 yillar oralig'ida O'zbekiston boks federaciyasi vice-prezidenti lavozimida ishlagan. 1998 yili AIBA Ijroqo'mi azosi bo'lgan. 1999 yili Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti, 2002 yili AIBA vice-prezidenti, 2010 yili Osiyo boks konfederaciyasi  prezidenti lavozimida faoliyatini davom ettirgan. 2018 yilning 28 yanvaridan to shu kungacha AIBA prezidenti vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelyapti. 

Kamoliddin ALIMOV, Moskva, Rossiya Federaciyasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing