12 sen 14:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun anderkard jangda ringga chiqishi kerak bo'lgan bokschimiz Turkiyada qolib ketdi + FOTO
Xabar berganimizdek, bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning anderkard jangi hamyurtimiz Ravshanbek Umurzoqov ishtirokida o'tkazilishi lozim edi. CHarm qo'lqop ustamiz murabbiyi Nabijon Ismanov bilan birga Turkiyaga jo'nab ham ketgandi. Lekin ularga Istanbuldan jang manzili tomon uchishga ruxsat tegmagan.
"Bizga aytishlaricha, O'zbekiston qizil hudud qilib belgilanibdi. SHu sababdan ham bizni Ekaterinburgga uchishimiz uchun ruxsat berishmadi. Ochig'i, tushuna olmay qoldik", - deydi bizga bergan xabarida Nabijon Ismanov.
Eslatib o'tamiz, Ravshan Umurzoqov bugun ukrainalik Zoravor Petrosyanga qarshi ringga chiqishi lozim edi. Endi mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Petrosyan rossiyalik Evgeniy Vazemga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar