05 dek 14:44
Yangiliklar

Bugun Andijonda Mahmud Muradov promoushenining ikkinchi turniri o'tkaziladi (Juftliklar)
Andijon olimpiya zaxiralari kollejida tashkil etiladigan PFL turnirida jami 14 ta juftlik oktagonga ko'tariladi. Oqshomning asosiy kardida 5 ta, prelium kardda esa 9 ta jang o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Markaziy jang hamyurtimiz SHohasan Mirzamatov ishtirokida bo'lib o'tadi. 22 oktyabr kuni Toshkentda o'tgan ilk PFL turnirida ham Mirzamatovning jangi oqshomning markaziy to'qnashuvi bo'lgan edi. Bugun SHohasan braziliyalik Tiago Oliyveyraga qarshi oktagonga chiqadi.
Etiborga molik jihati shundaki, bugun hamyurtlarimizdan biri MMA oqshomidan uyga "Jentra" mashinasida ketishi mumkin. CHipta xarid qilgan yurtdoshlarimizdan biriga ushbu baxs nasib etadi. CHiptalar sotuvidan tushgan mablag' to'laligicha bolalar uylariga o'tkazib beriladi.
Fikrlar