30 dek 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun Arman Carukyanning SHara Bulletga qarshi jangi o'tkaziladi, musobaqada o'zbekistonlik sportchi ham ishtirok etadi
Armanistonning Erevan shahrida aralash yakkakurashlar bo'yicha Hype FC Armenia turniri tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy bahsi UFC jangchilari — Armaniston vakili Arman Carukyan va rossiyalik SHarabutdin Magomedov o'rtasida kechadi.
Turnir doirasida o'zbekistonlik MMA jangchisi Abdumalik Yorbo'taev ham ishtirok etadi. Qo'lqopsiz janglar qoidasi bo'yicha tashkil etiladigan bellashuvda Yorbo'taevga rossiyalik Maksim Solovyov raqib bo'ladi.
Abdumalik Yorbo'taev professional MMA jangchisi sifatida hozirga qadar 5 ta jangda qatnashib, 4 g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Musobaqa Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar