28 jan 11:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Artur Beterbiev - Entoni Yard jangi bo'ladi (jangi vaqti va translyaciya)
Bugun Artur Beterbiev Entoni Yardga qarshi ringga chiqadi.
Bugun Londondagi (Buyuk Britaniya) OVO Arena Wembley'da yarimog'ir vaznda WBC, WBO va IBF yo'nalishlari chempioni, rossiyalik Artur Beterbiev britaniyalik Entoni Yardga qarshi jang o'tkazadi.
Aslida, bokschilar o'tgan yilning oktyabr oyida uchrashishlari kerak edi, biroq Beterbiev jarohati tufayli jang qoldirilgandi.
Bugungi jang Toshkent vaqti bilan 02:30 da boshlanishi rejalashtirilgan. Boks oqshomi ESPN va BT Sport platformalari tomonidan translyaciya qilinadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar