So’nggi yangiliklar

18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0

17 sen 12:23
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bugun Bekzod Abdurahmonov, G'ulomjon Abdullaev va Rustam SHodiev JCH medallari uchun gilamga chiqadi

Kecha Serbiya poytaxti Belgrad shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati start oldi.

Kecha jahon chempionatining ilk kuni kurashgan erkin kurashchilarimizdan Javrail SHapiev bronza medali hamda Parij-2024 Olimpiadasi uchun gilamga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritdi. -86 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz 1/16 finalda polshalik Sebastyan Yezirzanski (4-1), 1/8 finalda turkiyalik Osman Gosen (11-0), 1/4 finalda yaponiyalik Hayato Ishiguroni mag'lubiyatga (15-5) uchratdi. Yarim finalda esa eronlik Hassan Yazdanicharatiga yutqazib qo'ydi (0-10). SHapievning bronza medali uchun bahsdagi raqibi o'tish bosqichidan so'ng aniqlanadi. Javrail g'alaba qozongan taqdirda, bronza medali bilan birga Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasini ham qo'lga kiritadi.  

Bugun erkin kurash bahslarining ikkinchi kuni olimpiya toifasiga kiruvchi -57 va -74 kg, noolimpiya vazni hisoblangan -79 hamda -92 kg vazn toifalarida saralash bellashuvlari o'tkaziladi. Bugungi bahslarda Tokio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov, olimpiya o'yinlari ishtirokchisi G'ulomjon Abdullaev hamda Rustam SHodievga muxlislik qilamiz. 


Hamyurtlarimizning ilk bosqichdagi raqiblari:

-57 kg: G'ulomjon Abdullaev - Gayan Ekanayake (SHri-Lanka) 

-74 kg: Bekzod Abdurahmonov - Kamil Rimitski (Polsha) 

-92 kg: Rustam SHodiev - Mixal Beilavski (Polsha) 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing